Ish vaqtlari
Mon - Sun 4.00 - 23.00

Masjid Zelle info
+1 347 264 6214

img
Uzbek Islamic Center in Philadelphia Assosiation

2020 yil boshida Filadelfiyada yashovchi bir guruh yurtdosh faollardan kengash tuzildi va masjid tashkil qilish harakati boshlandi.
Bu hayrli ishga ko’plab sahovatli yurtdoshlarimiz o’zlarining ehsonlari, maslahatlari va amaliy yordamlari bilan hissa qo’shdilar.
2021 yil 6 may kuni Allohning fazli va marhamati bilan barchamiz uchun tarixiy va quvonchli kun bo’ldi. Shu kuni Filadelfiyada joylashgan 10663 Bustleton Avenuedagi 2 qavatli bank binosi masjid uchun sotib olinib, hujjatlar rasmiylashtirildi.
Masjidga yurtimizdan chiqqan buyuk muhaddis olim Imom Al Buxoriy nomi “Masjid Al Bukhari” berildi. Tez orada ibodat amallarini bajarish uchun bino to’liq ta’mirlanmoqda.

Maqsadimiz

  • Ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish
  • Qu’ron va sunnatni o’rganib amal qilish
  • Islomiy a’rifat taratish
  • Salafi solih-ulug’ mujtahidlarga ergashish
  • Kengbag’irlik va birodarlik ruhini tarqatish
  • Diniy savodsizlikni tugatish
  • Ixtilof va firqachilikka barham berish
  • Mutaasiblik va bid’at-xurofotlarni yo’qotish

Eng ko'p beriladigan savollar

Juma namozi vaqtlari qanday?
  • Hozirda ta’mirlash ishlari bo’layotganligi sababli Juma namozi o’qilmayabdi
Masjidda bolalar uchun qanday darslar tashkil qilingan?
  • Tez orada bolalar va kattalar uchun darslar tashkil qilinadi

Ehsonning mukofoti jannatdur

Ehson qilish